Markaziy bank 17-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pastlab, 10 590,46 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,93 so‘mga pastlab, 12 840,93 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 616,02 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi.

O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 15-iyun kuni dollar kursi 10 670 so‘mga qadar oshdi.