Daryo

Namanganda Damas urib yuborishi oqibatida 49 yoshli fuqaro vafot etdi

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish23 441 ko‘rishlar0 izoh0

31-may kuni soat 21:30 larda Namangan viloyatida Damas va piyoda ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nanay—Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 15-kilometrida, “Birlik” MFY hududida 21 yoshli fuqaro Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 49 yoshli piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganda Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani, Namangan tumanida Damas urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar