Daryo

“Maktab o‘qituvchilariga yangi adabiyot va qo‘llanmalarni sotib olish uchun budjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi” – Shavkat Mirziyoyev

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o‘tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq qilinadi

2 daqiqa o‘qish34 406 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab o‘qituvchilariga yangi adabiyot va qo‘llanmalarni sotib olish uchun budjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan chet tillarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar qilmoqda “Daryo” muxbiri.

“Maktab va oliygohlarda o‘qitish sifatini oshirish uchun xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo‘llanmalarni joriy etishimiz kerak.

Sherzod Shermatov yangi o‘quv yilidan Gersen universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan 2-sinf uchun rus tili darsligi va o‘quv metodikalarini barcha maktablarda joriy etilishini ta’minlasin.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o‘tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq qilsin. Yil yakuniga qadar bu ishlarni nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo‘yicha ham tashkil etish lozim.

Shu bilan birga, o‘qituvchilarimiz o‘z sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi adabiyot va qo‘llanmalardan muntazam xabardor bo‘lib borishlari kerak.

Buning uchun yangi o‘quv yilidan boshlab, maktab o‘qituvchilariga yangi adabiyot va qo‘llanmalarni sotib olish uchun budjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi (53 ming o‘qituvchiga yiliga jami 53 milliard so‘m).

Shu kabi, Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin) YuNISEF bilan hamkorlikda yil yakuniga qadar 7 yoshgacha bolalarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqib, bog‘chalarda joriy etilishini ta’minlasin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi ta’lim maskanlariga xorijlik o‘qituvchilar jalb qilinishini, JIDUda BMT bilan hamkorlikda Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazi hamda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishini ma’lum qilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar