Daryo

O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi

O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda

1 daqiqa o‘qish31 906 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistondagi maktablarda ta’lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili — o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, milliy o‘quv dasturi asosida o‘zga millat vakillari uchun 2-sinf o‘zbek tili darsligi yaratildi. Ushbu darslik 2021/2022-o‘quv yilida amaliyotga joriy etiladi. O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.

Bunda:

Nutqiy kompetensiyalar:
  • aktiv — gapirish, yozish;
  • passiv — o‘qib tushunish, tinglab tushunish.
Leksik kompetensiyalar:
  • grammatika;
  • leksika — A1, A2, B1, B2 ko‘rinishida sinflar kesimida taqsimlangan.
Qayd etilishicha, ayni paytda yaratilgan darslikda o‘z davri uchun muhim bo‘lgan yana bir qancha qulayliklar mavjud. Xususan, o‘quv darsligi asosida o‘qituvchi kitobi va o‘quvchi mashq daftari joriy etildi. Ilgari ikkinchi til kitoblaridagi lug‘at-tarjimalar, odatda, ikki tilda havola qilingan bo‘lsa, endilikda ular keng auditoriyani hisobga olib qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, rus va ingliz tillariga ham tarjima qilingan. O‘quvchining psixologik, yosh xususiyatlari ham hisobga olinib, rasmlar 70 foiz, matnlar 30 foiz o‘rin egallagan. Fanlararo integratsiya (STEAM) to‘la ta’minlangan. Ular ham o‘quvchida til o‘rganish ko‘nikmasini faollashtiradi.

O‘zAning yozishicha, yangi yaratilayotgan darsliklardagi bu kabi o‘zgarishlar, takomillashuvlar o‘quvchilarni darsdan bezib qolmaslikka, dars jarayoniga qiziqishi va o‘zbek tiliga hurmat-e’tiborini shakllantirishga xizmat qiladi.

Avvalroq O‘zbekistondagi maktablarda ona tili va o‘qish fani dars soatlari qisqartirilmagan holda birlashtirilib, yagona darslik joriy etilishi haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar