Shahzoda Charlz unashtiruv marosimida malika Dianaga sovg‘a qilgan noyob Ford Escort auksionga qo‘yiladi. Daily Mail nashrining yozishicha, auksion 29-iyun kuni boshlang‘ich 40 ming funt sterling qiymati bilan boshlanadi.

Foto: Getty Images

1980-yilda ishlab chiqarilgan Ford Escort Mk III Ghia hozirga qadar 83 ming mil yo‘l bosgan. Mashina dvigateli hajmi 1,6 litrni tashkil etadi. Malika Diana ushbu mashinada har kuni harakatlangan, shahzoda Uilyam tug‘ilgan esa uni sotib yuborgan.

Tez orada mashina yana bir bor o‘z egasini almashtirgan. Antikvar buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kolleksioner o‘sha vaqtda transport vositasini 6 ming funt sterlingga sotib olgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Uning tarixi va kelib chiqishi shu qadar o‘ziga xoski, bu haqda ko‘plab odamlar bilishi kerak emasligini xohlamasdim. Bu ajoyib, ishonchli ‘ot’. U 20 yil davomida men bilan birga bo‘ldi va endi uni sotish vaqti kelganini his qilyapman”, — deydi mashina egasi Tine Kirkpatrik.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Bostondagi RR Auction kimoshdi savdolar uyi malika Dianaga tegishli bo‘lgan to‘q ko‘k rangli tolstovkani (yengil ustki kiyim) sotuvga qo‘ygandi.