Apple kompaniyasi Apple ID akkauntlarini meros qilib qoldirishga ruxsat berdi, shuningdek, dasturlardagi maxfiylik nazoratini kuchaytirdi. Bu haqda kompaniya vakillari WWDC 2021 konferensiyasida ma’lum qilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Endilikda iCloud sozlamalarida foydalanuvchi vafot etgan taqdirda, akkauntini kimga qoldirib ketishi mumkinligi borasida ishonchli shaxsni ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, ishonchli odam foydalanuvchiga Apple ID parolini unutgan taqdirda, uni qayta tiklash uchun verifikatsiya kodi taqdim etiladi.

Apple’ning pulli “bulutli” servisi iCloud+ bo‘lib, u kengaytirilgan xotira sig‘imidan tashqari, foydalanuvchining barcha onlayn ma’lumotlarini himoyalaydi — trafikni shifrlaydi, pochta manzili va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni yashiradi.

Foto: Twitter / ProductHunt

Odatdagi holatda Safari iOS 15’da foydalanuvchining IP-manzilini yashiradi, Siri’ga yo‘llangan so‘rovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilmada qayta ishlanadi.

Shuningdek, tizimda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga boshqa sayt va dasturlardan amalga oshirilgan so‘rovlar tarixi menyusi ham paydo bo‘ladi.