Daryo

Andijondagi “O‘zbegim” savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan majmua binosida bo‘lgan barcha fuqarolar o‘z vaqtida tezkorlik bilan evakuatsiya qilinganligi sabab jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish38 278 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon shahar Cho‘lpon shoh ko‘chasida joylashgan “O‘zbegim” savdo majmuasida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Majmuaning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar 25-may kuni soat 12:00 da kelib tushgan.

Andijon viloyati FVB yong‘in-qutqaruvchilari soat 12:02 da voqea joyiga yetib borgan va soat 12:45 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bino tom va shift qismining 30 kvadrat metr maydoni zararlangan.

Ta’kidlanishicha, FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan majmua binosida bo‘lgan barcha fuqarolar o‘z vaqtida tezkorlik bilan evakuatsiya qilinganligi sabab jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga viloyat FVB hamda tegishli tashkilotlar rahbariyati yetib borgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgani, Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi dehqon bozorida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Sergelidagi beshta hovlining yonib ketishiga suv yetishmovchiligi va yo‘llardagi tirbandlik sabab qilib ko‘rsatildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar