Daryo

Ohangaronda yo‘l bo‘yidagi maydonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish33 502 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 31-may kuni soat 15:52 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent–Olmaliq avtomobil yo‘li bo‘yida qurigan o‘t va xas-xashaklar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:09 da yetib borgan, yong‘in soat 16:52 da qurshab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat FVV rahbariyati tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Bundan avval  Buxorodagi mehmonxona yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgani, Jizzaxning Tojikiston bilan chegaradosh hududidagi 15 gektar maydonda yong‘in sodir bo‘lgani hamda Andijondagi “O‘zbegim” savdo majmuasida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar