Ayrim xonandalar ilk ijodiy faoliyatini musiqiy guruhlarda chiqishdan boshlaydi. Keyinchalik katta-katta konsert zallarini bir o‘zi muxlislar bilan to‘ldirishga ham erishadi. Quyida ular bilan batafsil tanishish mumkin.

Maykl Jekson – “Jekson 5”

Dastlab aka-uka Jeksonlar 1964-yilda “Jekson 5” kvintetiga birlashgan. Uning tarkibiga Jeki, Tito, Jermeyn, Marlon va Maykl kirgan edi. Yigitlar o‘zlarining taronalari bilan chartlarni portlatdi va oq tanlilardan boshqa musiqachilar ham haqiqiy durdonalarni yarata olishlarini isbotladi.

Foto: Cosmopolitan

O‘sha paytda ham tomoshabinlar ko‘p jihatdan yosh Mayklga ustunlik bergan. Uning g‘ayrioddiy raqs uslubi va vokal qobiliyati akalaridan alohida ajratib turar edi. So‘ngra Maykl 1972-yilda “Got To Be There” va “Ben” nomli ikkita yakkaxon albomini chiqargan holda o‘z ijodini davom ettira boshlagan. Mayklni oldinda jahon shuhrati va pop musiqasi qiroli unvoni kutib turardi. Guruhning boshqa a’zolari esa hanuzgacha turli darajadagi muvaffaqiyatlar bilan chiqadi va hatto Qo‘shma Shtatlardagi gastrollarda qatnashadi.

Jastin Timberleyk – “N Sync” 

Jastin yoshligidanoq “Mikki Maus Klubi” bolalar teleshousining ishtirokchisi bo‘lib, bolaligidan musiqachi bo‘lishni xohlardi. Ko‘rsatuvda Jastin qo‘shiqchi Joshua Skott Chaves bilan uchrashgan va 1995-yilda yangi bolalar guruhi uchun kastingga borgan. Jamoa tarkibiga Jastin va Joshuadan tashqari, Lens Bass, Kris Kirkpatrik va Jon Faton kiritildi va kvintet nomini 14 yoshli Jastinning onasi taklif qilgan.

Foto: Cosmopolitan

Dastlab yigitlar unchalik yaxshi ijod qilmagandek edi, ammo to‘rt yildan so‘ng ular Backstreet Boys prodyuseri Lu Perlmanga murojaat qildi va uzoq kutilgan shuhratga sazovor bo‘lishdi. Pik “N Sync” 2000-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. So‘ngra “No Strings Attached” va “Celebrity” albomlari chiqqach bolalar American Music Awards, MTV Video Music Awards, People Choice Awards mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Timberleyk esa barchaning diqqat markazida edi.

2002-yilda Timberleyk o‘zining guruhini tark etib, birinchi yakkaxon albomini yozishni boshladi, guruhning qolgan a’zolari tezda unutilib ketdi. Jastin bir zumda birinchi darajadagi yulduzga aylanib, “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Musiqadan tashqari, Jastin kulgili kostyumlar kiyib olgan va boshqa yulduzlarga parodiya qilgan va 15 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.

Sting – “The Police”

Faoliyatining boshida britaniyalik Gordon Sumner guruhdan guruhga o‘tib ijod qilgan. O‘sha davrda musiqachi o‘zining injiq fe’l-atvori va chiziqli sviterlarga bo‘lgan muhabbati uchun Sting laqabini olgan. Konsertlarning birida musiqachi “The Police” guruhi barabanchisi Styuart Kopeland bilan ko‘rishadi.

Foto: Cosmopolitan

Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yevropa va AQShdagi tinglovchilari “Outlandos d’Amour” debyut albomini sevib qolgandan keyin yigitlar mashhurlikka erisha boshladi. Ular birgalikda yana to‘rtta muvaffaqiyatli albom chiqardi. 1983-yilda Sting o‘z qarorini muxlislari va hamkasblariga e’lon qildi. Biroq, ketayotganda musiqachi aloqalarni uzib yubormadi, u o‘zining sobiq sheriklari bilan bir necha bor qo‘shiqlar ijro etgan. 2004-yilda yigitlar Genri Padovanining yakkaxon albomini yozish uchun birlashgan va 2007-yilda kvartet dunyo bo‘ylab sayohat uyushtirgan.

Sergey Lazarev – “Smash!!”

Lazarevning musiqiy karyerasi bolaligida ko‘plab ansambllar bilan boshlangan. Shunday vaqtda u “Smash!!” guruhidagi kelajakdagi hamkasbi Vlad Topalov bilan uchrashgan. Birgalikda ijod qilish g‘oyasi 2001-yilda paydo bo‘ldi. Keyinchalik olti oy davomida MTV chartlarining yuqori qismida o‘rin olgan klip suratga olindi va Freeway debyut termasi bir zumda mashhurlikka erishdi.

Foto: Cosmopolitan

Keyinchalik Topalovning otasi guruhni boshqarishni o‘z qo‘liga olgan. Aynan o‘shanda jamoada kelishmovchiliklar boshlangan. 2004-yilda Sergey guruhni tark etgan, ammo matbuotda uzoq vaqt davomida o‘zaro tanbehlar haddan tashqari oshirib yuborilgan.

Ammo qiyinchiliklarga qaramay, yakkaxon faoliyati davomida Lazarev o‘z mustaqilligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning barcha albomlari dunyoga taniqli prodyuserlar yordamida yozib olingan va xonandaning o‘zi ham javonlarni yangi musiqiy mukofotlar bilan bezashni davom ettirmoqda.

Dan Balan – “O-Zone”

Dan o‘smirlik davridayoq o‘z guruhini tuzishni boshlagan. 1999-yilda do‘sti Pyotr Jelixovskiy bilan birgalikda prodyuser va lirik muallif sifatida ham “O-Zone” bolalar guruhini yaratgan. “Dar, unde eshti” debyut albomi o‘z vatani Moldovada mashhurlikka erishgan, ammo guruh doimiy sayohat va chiqishlarga tayyor bo‘lmagan. Shunday qilib Pyotrning o‘rniga birdaniga ikkita musiqachi keladi – Radu Sirbu va Arseniy Todirash.

Foto: Cosmopolitan

Ammo erishilgan muvaffaqiyatga qaramay, 2005-yilda birdan ikkita ishtirokchi - Arseniy va Dan yakka ijod qilishga qaror qiladi. Dastlab hamma 2006-yilda yakkaxon albomini chiqargan va “Yevrovideniye” da ishtirok etgan Arsenining ismini eshitadi. Ammo Balan tez orada hamkasblarini yo‘lda qoldiradi. Uning yakka ijoddagi shuhrati “Chica Bomb” taronasi bilan birga keldi. Besh tilda so‘zlashadigan Balan dunyoga ingliz, rus va ispan tillaridagi taronalari bilan mashhur bo‘ldi.