“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:55, 07.06.2021 13282

Buxoroda Nexia va Lacetti to‘qnashdi. Oqibatda yo‘lovchilardan biri vafot etdi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidan o‘tuvchi 4K-198 davlat ahamiyatiga ega “Qorako‘l—Yangibozor— Jig‘achi” avtomobil yo‘lida haydovchining shoshqaloqligi bir nafar yo‘lovchining vafot etishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, YTH 2021-yilning 29-may kuni sodir bo‘lgan.

Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega 4K-198 avtomobil yo‘lining yettinchi kilometrida Nexia haydovchisi 32 yoshli M.R. o‘zi bilan bir xil yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashib ketgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

32 yoshli Nexia haydovchisi yo‘lning qatnov qismiga yetganda ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqmagan holda mashina rulini chapga burgan. Va asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Lacetti’ga urilgan.

Oqibatda Nexia’ning 33 yoshli yo‘lovchisi B.A. og‘ir tan jarohati olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Biroq muolajalarga qaramay, haydovchi kasalxonada vafot etgan.

Ayni paytda fuqaro M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda tezlikni me’yordan oshirgan Spark haydovchisi piyodani urib yuborgani, jabrlanuvchi vafot etgani, Farg‘onada bir kechada 3 ta YTH yuz berishi oqibatida skuter va velosiped haydovchilari vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar