Daryo

Surxondaryoda tezlikni me’yordan oshirgan Spark haydovchisi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

Ta’kidlanishicha, haydovchi shoshayotgani sabab tezlikni oshirgan va yo‘l o‘rtasidagi fuqaroni turtib yuborgan

1 daqiqa o‘qish49 802 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa tumanning “Lutfikor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108B avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan.

“Yo‘lning o‘rtasida to‘xtab turib, telefon chuqalayotgan piyodani urib yubordim”, — deydi haydovchilik guvohnomasini 2021-yilning yanvarida olgan haydovchi.

Ta’kidlanishicha, haydovchi shoshayotgani sabab tezlikni oshirgan va YTH sodir etgan.

Mahalla aholisi bilan holat yuzasidan o‘tkazilgan muhokama davomida avariyalar sodir bo‘lishiga yo‘lni yoritish chiroqlari yonmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Mahalla raisi Yusufali Safarovning so‘zlariga ko‘ra, limit cheklangani uchun yo‘lni yoritish chiroqlari har kuni soat 23:00 dan keyin o‘chadi. Ajratiladigan limitni oshirish bo‘yicha viloyat IIB YHXB tomonidan tuman hokimligiga taqdimnoma kiritiladigan bo‘ldi.

Avvalroq Qashqadaryoda Nexia yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib ketgani, Farg‘onada bir kechada 3 ta YTH yuz berishi oqibatida skuter va velosiped haydovchilari vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar