Daryo

Qashqadaryoda Nexia yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi (video)

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish103 332 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani Nexia avtomobili urib ketdi, deya xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 30-may kuni soat 01:00 larda Qarshi shahar Islom Karimov va Nasaf ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi R.B. Nexia rusumli avtomobilida belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda, 1996-yilda tug‘ilgan B.O. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Farg‘onada bir kechada yuz bergan 3 ta YTH oqibatida skuter va velosiped haydovchilari vafot etgani, Qirg‘izistonda prezident korteji ishtirokida YTH ro‘y bergani hamda Qashqadaryoda Damas va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ota-bola halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar