Daryo

O‘zbekistonda 31-maydagi harorat mutlaq maksimumga yetdi

Xususan, Buxoroda 43 daraja, Urganchda 42,9 daraja issiq bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish118 952 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 31-may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimum darajasi qayd etildi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“O‘zgidromet” meteorologik stansiyalari ma’lumotlari bo‘yicha ushbu kecha-kunduz uchun maksimal havo harorati quyidagicha bo‘ldi:
  • Nukus — 41,2 daraja, bu 2015-yilga nisbatan 1,7 darajaga yuqori (39,5 daraja)
  • Urganch — 42,9 daraja, bu 1933-yilga nisbatan 3,5 darajaga yuqori (39,4 daraja)
  • Buxoro — 43 daraja, bu 1967-yilga nisbatan 2,7 darajaga yuqori (40,3 daraja)
  • Navoiy — 41 daraja, bu 1961-yilga nisbatan 0,5 darajaga yuqori (40,5 daraja).
Eslatib o‘tamiz, 31-maygacha O‘zbekistonda juda issiq — 43 darajagacha issiq ob-havo saqlanib qolishi ma’lum qilingandi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashishi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘lishi aytilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2-iyun kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘ladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar