Daryo

Shavkat Mirziyoyev “Angor Surxon g‘ururi” klasterida g‘alla hosilini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Angor tumanidagi “Angor Surxon g‘ururi” klasterida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi

1 daqiqa o‘qish66 044 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Angor tumanidagi “Angor Surxon g‘ururi” klasterida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu klasterning umumiy yer maydoni 11 ming gektardan ziyod. Shuning 4 ming 870 gektarida g‘alla yetishtirilmoqda. Bu yil Rossiyadan kasalliklarga chidamli g‘alla navlari keltirib ekilgan. Gektariga 80 sentnerdan hosil olish kutilyapti.

Davlat rahbari kombaynni boshqarib, g‘alla o‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga doir: Video: Kombayn haydayotgan Shavkat Mirziyoyev

4 ming 656 gektarda paxta qo‘shqator ekilgan. Kaliforniya usulida sug‘orish natijasida suv sarfini 50 foizga tejashga erishilmoqda.

Prezident soha mutaxassislari bilan suhbatda paxtani qo‘shqator usulda ekishni janubiy hududlarda ommalashtirish va bu orqali yuqori hosil olish mumkinligini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Klasterda sabzavot va dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q”

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygani hamda Shavkat Mirziyoyev Sheroboddagi zamonaviy issiqxona va anor qadoqlash korxonasi bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar