Daryo

Jizzaxning Tojikiston bilan chegaradosh hududidagi 15 gektar maydonda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘inni bartaraf etishda 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi, 32 nafar harbiy xizmatchi hamda ko‘ngilli fuqarolar qatnashgan

1 daqiqa o‘qish43 176 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Jizzax viloyati FVB axborot xizmati

25-may kuni Jizzax viloyatining Yangiobod tumanini Tojikiston bilan chegaradosh Havotog‘ qishlog‘i hududidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyati FVB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 12:05 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishda 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi, 32 nafar harbiy xizmatchi hamda ko‘ngilli fuqarolar qatnashgan. Birinchi bo‘linma chaqirilgan manzilga soat 12:40 da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 30 kilometr).

Foto: Jizzax viloyati FVB axborot xizmati

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 12:58 da o‘rab olingan va 15:00 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida 15 gektar ochiq maydonda quruq o‘t, shox-shabba va daraxtlar yongan. Yong‘inning taxminiy sababi – ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik.

Foto: Jizzax viloyati FVB axborot xizmati
Hozirda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2021-yil boshidan beri sodir bo‘lgan yong‘inlarda 46 kishi vafot etdi

Avvalroq Andijondagi “O‘zbegim” savdo majmuasida yong‘in yuz bergani, Urgutdagi dehqon bozorida yong‘in chiqqani hamda Sergelidagi beshta hovlining yonib ketishiga suv yetishmovchiligi va yo‘llardagi tirbandlik sabab qilib ko‘rsatilgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar