Daryo

Toshkentda mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan Spark haydovchisi piyodani urib yubordi

Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan

1 daqiqa o‘qish36 139 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

10-may kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 11:30 da tumanning Mehrigiyo ko‘chasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Spark’ning 26 yoshli haydovchisi 3-fevral kuni Uchtepa tumani sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131-moddasi 1-qismiga (transport vositalarini mast holda boshqarish) muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan 18 oyga mahrum qilingan.

Haydovchi avtomobilni boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 23 yoshli B.R.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida odam o‘lishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada Damas 9 yoshli qizni urib yuborgani, Navoiyda mast piyodani mashina urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani, Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda 2021-yilning o‘tgan 4 oyi davomida piyodalar ishtirokidagi YTHlar oqibatida 23 nafar fuqaro vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar