Daryo

Samarqandda piyoda Matiz urib ketishi oqibatida vafot etdi. Haydovchi mast holatda bo‘lgan

Aniqlanishicha, haydovchi 3 yil ichida 3 marotaba mast holatda mashina haydagani uchun Ma’muriy javobgarlikka tortilgan

1 daqiqa o‘qish22 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Matiz piyodani urib ketdi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 5-aprel kuni soat 21:00 larda A. ismli haydovchi mast holatda o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinada Kattaqo‘rg‘on shahar Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasidan o‘tgan 4K570 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yo‘lni kesib o‘tayotgan M. ismli piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda Kattaqo‘rg‘on tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Aniqlanishicha, haydovchi 3 yil ichida 3 marotaba mast holatda mashina haydagani uchun Ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda Malibu va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida Ozarbayjon fuqarosi vafot etgani, Farg‘onada Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketgani hamda Namanganda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar