Daryo

Jomboyda Cobalt piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan

Marhum yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish27 322 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, avariya 18-may kuni soat 03:10 larda tumanning “Zarafshon” MFY O‘rtabo‘z qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida sodir bo‘lgan.

Kattaqo‘rg‘onlik 33 yoshli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yo‘lning taqiqlangan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Yoshi 50-55 larda ekanligi taxmin qilinayotgan jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Samarqandda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 24 yoshli yigit yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgandi, Samarqand tumanida turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Volvo yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 39 yoshli piyoda vafot etgandi. Shuningdek, viloyatning Past Darg‘om tumanida 71 yoshli otaxon Damas urib yuborishi oqibatida, Payariq tumanida 9 yoshli bola Damas urib yuborishi oqibatida shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samarqandda signal chalgani uchun Damas’ni jarima maydoniga joylashtirishni buyurgan YHXB boshlig‘iga hayfsan berildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar