Daryo

Samarqandda signal chalgani uchun Damas’ni jarima maydoniga joylashtirishni buyurgan YHXB boshlig‘iga hayfsan berildi

YHXB boshlig‘iga nisbatan xizmat tekshiruvi yakuniga yetdi

1 daqiqa o‘qish68 998 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB YHXB boshlig‘i Maqsud Tog‘ayev harakatlangan xizmat avtomobiliga signal chalgan haydovchining avtomobili jarima maydoniga joylashtirilgani tasvirlangan video tarqalgandi. Ushbu video yuzasidan viloyat IIB xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini ma’lum qilingandi.

Kadr: Facebook

Xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, fuqarolar bilan muloqot jarayonida xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lmasdan, nosamimiylik bildirib, ichki ishlar vazirining “Muomala madaniyati” va “Odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi buyrug‘i hamda Intizom ustavi talablarini buzgani uchun Paxtachi tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori katta leytenant Maqsud Tog‘ayevga hayfsan, yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor F.Haitovga tanbeh intizomiy jazosi berildi.

Paxtachi tumani IIB boshlig‘i mayor S.Ortiqovning xatti-harakatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan katta ofitserlar tarkibidagi intizomiy kengashda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Bundan avval Toshkent viloyatida o‘zini “Oysha xola” deya tanishtirgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani, Toshkentda YPX inspektori haydovchiga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgani, poytaxtda quvvati tugaganini aytib, ishlamayotgan bodikamera bilan tekshiruv o‘tkazgan YPX xodimiga chora ko‘rilgani hamda Samarqandda YPX inspektorlari fuqaroni kuch ishlatib, xizmat mashinasida olib ketgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar