“Jenoa” Italiya A Seriyasining so‘nggi turdi “Kalyari”ga qarshi bahs olib bormoqda (1:0, ikkinchi bo‘lim).

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 15-daqiqasida Eldor Shomurodov genuyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu o‘zbekistonlik futbolchi uchun A Seriya so‘nggi 6 o‘yinidagi 5-gol bo‘ldi.

Shomurodovning A Seriya 2020/21-yilgi mavsumidagi gollari soni 8 taga yetdi. U shuningdek, ikkita golli uzatma (A Seriya va Italiya Kubogida) ham amalga oshirgan.

Shu tariqa Eldor joriy mavsum “gol+assist” tizimida 10 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq “Jenoa” va “Rostov” o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, agar Shomurodov Genuya klubida mavsum davomida o‘nta samarali harakatni amalga oshirsa rostovliklar qo‘shimcha 500 ming yevro bonusga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!