Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan o‘yinda “PSJ” 16-may, yakshanba “Reyms”ni qabul qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Bellashuv parijliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Neymar, Kilian Mbappe, Markinyos va Moyze Kin o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Musobaqa peshqadami “Lill” esa o‘z maydonida “Set-Etyen” bilan durangga imzo chekdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “PSJ”ning ochkolari 79 taga yetdi, “Lill”ning hisobida 80 ochko mavjud, 3-o‘rindagi “Monako” esa 77 ochkoga ega. Chempionlik masalasi so‘nggi, 38-turda hal bo‘ladi.

Liga 1

37-tur bahslari

16-may, yakshanba

“PSJ” – “Reyms” 4:0

Gollar: 1:0 – 13, penalti Neymar, 2:0 – 24 Mbappe, 3:0 – 68 Markinyos, 4:0 – 89 Kin.

“PSJ”: Navas, Dagba (Pembele, 86), Markinyos, Kerer, Bakker, di Mariya (Sarabiya, 77), Danilu Pereyra (Paredes, 77), Errera, Draksler (Rafinya, 40), Mbappe (Kin, 77), Neymar.

“Reyms”: Raykovich, Abdelhamid, Foke, Konan, Fas, Kassama, Shavaleren, Munetsi, Kafaro (Zeneli, 56), Mbuku (Kutesa, 84), Dia (Ture, 73).

Chetlatish: Abdelhamid (10).

“Lill” – “Sent-Etyen” 0:0.