Daryo

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan bemor qizga DAN xodimi guvohnomasi va maxsus formasi topshirildi

Bundan tashqari, bu qizning davolanishi uchun barcha xarajatlarni YHXBB o‘z zimmasiga oldi

1 daqiqa o‘qish106 540 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Uzreport News

Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Davlat rahbari u yerdagi bemorlarning holati bilan tanishish vaqtida og‘ir dard bilan kurashayotgan qiz Prezidentga DAN xodimi bo‘lish orzusini aytgan edi.

Foto: Uzreport News

Qayd etilishicha, 15-may kuni o‘sha qizga IIV YHXBB boshlig‘i Olim Saidov a’zolik guvohnomasi va maxsus formani topshirdi.

Bundan tashqari, bu qizning davolanishi uchun barcha xarajatlarni YHXBB o‘z zimmasiga oldi.

Shu bilan birga, kasalxonadagi boshqa bolalarga ham sovg‘alar topshirildi.

Bundan avval Farg‘ona hokimi Prezident bilan ko‘rishgan onaxonning to‘yida mehmon bo‘lgani hamda sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida shifokorlar Prezident topshirig‘i bo‘yicha Chirchiqdagi yigit uyiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar