Daryo

Iftorlikka olcha va tvorog qo‘shib shokoladli pirog tayyorlab ko‘ring

Ustini qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad bilan bezasangiz bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish29 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazkur shirinlik nafaqat siz, balki oila a’zolaringiz uchun ham sevimliga aylanishiga shubha yo‘q.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • muzlatilgan yoki danagi olingan barra olcha — 400 g;
  • shokolad — 200 g;
  • sariyog‘ — 120 g;
  • tuxum — 5 dona;
  • shakar — 150 g;
  • vanilin — 1 osh qoshiq;
  • tuz — bir chimdim;
  • tvorog —300 g;
  • un — 150 g;
  • razrixlitel — 1 choy qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Eritilgan shokoladni eritilgan sariyog‘ga qo‘shib aralashtiring.
  • Qaynoq suvli idish bug‘ining ustiga qo‘yib, aralashtirishda davom eting.
  • 3 dona tuxumga, shakar, vanilin va tuz qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Tvorogga qolgan tuxum va shakar qo‘shib aralashtiring.
  • Shokoladli aralashmani tvorogga  qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Un va razrixlitel qo‘shing.
  • Yog‘ surtilgan patnisga shokoladli aralashmaning uchdan bir qismini soling.
  • Ustidan tvorogli aralashma, keyin esa mevaning yarmini qo‘ying.
  • Shu ketma-ketlikni takrorlang.
  • 180 daraja qizigan pechni 50 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Saharlik uchun retseptlar: Iftorlik uchun retseptlar:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar