Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Damas va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 25-aprel kuni fuqaro T.B. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi Qum qishlog‘ida ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan A.O.ni urib yuborgan. Oqibatda A.O. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda velosipedchini urib, voqea joyidan ketib qolgan Kia haydovchisi ushlangani, Toshkentda esa to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani xabar berilgandi.