Daryo

Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda

1 daqiqa o‘qish55 712 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentning Yashnobod tumanida 26-aprel kuni to‘rt avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Toshkent viloyatida yashovchi 49 yoshli Qodir A. boshqaruvidagi “ZIL”, Buxoro viloyatida yashovchi 26 yoshli Murodjon X. boshqaruvidagi “KamAZ”, Toshkent viloyatida yashovchi 24 yoshli Asrorjon A. boshqaruvidagi Lacetti va Navoiy viloyatida yashovchi 53 yoshli Eldor R. boshqaruvidagi Spark o‘zaro to‘qnashgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli yuz bergan, oqibatda u Lacetti va ‘KamAZ’ga borib urilgan, o‘z navbatida Lacetti ‘ZIL’ bilan to‘qnashgan”, — deyiladi IIBB axborotida.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar