“Milan” hujumchi Zlatan Ibrohimovich bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Foto: “Milan”

Klub matbuot xizmatining yozishicha, 39 yoshli hujumchi bilan imzolangan yangi kelishuv 2021/22-yilgi mavsum so‘ngiga qadar qadar amal qiladi. Ibrohimovichning “Milan”da yiliga 7 million yevro olishi aytilmoqda.

Oktabr oyida 40 yoshga to‘ladigan futbolchi 2020/21-yilgi mavsumda A Seriyaning 17 o‘yinida 15 gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Milan”dagi umumiy statistikasi esa quyidagicha: 130 o‘yin, 84 gol.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan 2010—2012-yillar mobaynida “Milan”da harakat qilgan. Uning so‘nggi klubi “Los-Anjelas Gelaksi” bo‘lib, Ibra 2020-yilning noyabr oyida u yerni tark etib, Italiya klubi safiga qo‘shilgandi.