Daryo

Foto: Dunyoning o‘ziga xos arxitekturaga ega binolari

Bosco Verticale nomli arxitektura kompleksi balandligi 111 va 76 metrli ikkita osmono‘par binodan tashkil topgan

3 daqiqa o‘qish50 506 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Kishini hayratga soladigan binolar faqat o‘tmishda qurilgan deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. Bunyod etilganiga ko‘p bo‘lmagan va noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lgan inshootlarning quyida keltirilgan suratlari buning yaqqol misoli.

“Xarpa” konsert zali (Reykyavik, Islandiya. 2011-yil)

Foto: Lifehacker

Dizayneri rassom Olafur Elisson bo‘lgan konsert zalini tashkil qilish uchun 164 million yevro sarflangan. Umumiy maydoni 28 000 kvadrat metrni tashkil qiladigan xol (hall), to‘rtta zal, gul saloni, kitob do‘koni, butik kafe va restoranlarni o‘z ichiga oladi.

Burj-Xalifa (Dubay, BAA, 2010-yil)

Foto: Lifehacker

Balandligi 828 metrni tashkil qiladigan osmono‘par bino 162 qavatdan iborat. Stalagmit shaklini esga soladigan
Burj-Xalifada mehmonxona, xonadonlar, ofis va savdo markazlari bor. 2004-yilda qurish ishlari boshlangan binoning ochilishi 2010-yilda bo‘lib o‘tgan

Ko‘rfazdagi bog‘lar (Singapur, 2012)

Foto: Lifehacker

Singapurda joylashgan mazkur bog‘da qirqquloq, uzum, orxideya va boshqa o‘simliklarning ko‘plab turini uchratish mumkin. Fotoelektr elementlari bilan ta’minlangan inshoot quyosh nuridan energiya ishlab chiqaradi. Bundan tashqari bog‘da issiqxona kompleksi, gullardan iborat gumbazni hamda liftda ko‘tarilish mumkin bo‘lgan “bulutli tog‘” — tog‘ o‘simliklari uchun issiqxonani uchratish mumkin.

Parasol metropoli (Sevilya, Ispaniya 2011)

Foto: Lifehacker

Nemis arxitektori Yurgen Mayer tomonidan loyihalashtirilgan bino dunyodagi eng katta yog‘och inshoot hisoblanadi. Bahaybat qo‘ziqorin shaklidagi oltita soyabonning birinchi tashqi qavatida bozor, yuqoridagi terrasada esa restoran hamda muzey joylashgan.

Absolute World (Mississoga, Kanada, 2012-yil)

Foto: Lifehacker

Absolute World kompleksi balkon va qavatlari butkul bir-biriga o‘xshamaydigan ikkita ko‘p qavatli uylardan iborat. Birinchi Absolute Towers Mississauga binosining balandligi 170 metr (56 qavat), ikkinchisiniki — 150 metr (50 qavat)ni tashkil etadi. Xuddi o‘z o‘qi atrofida aylanayotgandek ko‘rinishga egaligi uning o‘ziga xosligi sanaladi.

Guanchjoudagi opera teatri (Guanchjou, Xitoy, 2010-yil)

Foto: Lifehacker

Guanchjouda joylashgan opera teatri noodatiy arxitekturasi bilan shahar mehmonlarini o‘ziga rom etadi. Haybatli shisha panellari bilan qoplangan bino ikkita zalni o‘z ichiga oladi. Kattasida 1800, kichkinasida esa 400 kishilik o‘rindiq bor.

Lotos ibodatxonasi (Nyu Deli, Hindiston, 1986)

Foto: Lifehacker

Bahailarning ibodatxonasi hisoblangan mazkur bino Gretsiyaning Pentel tog‘laridan keltirilgan marmartoshdan qurilgan. Arxitektor Fariborz Sxba uni qurishda Sidney opera teatridan ilhomlangan. 10 gektar bog‘ bilan o‘ralgan bino yonida mahalliy o‘simlik turlarini o‘z ichiga oladigan issiqxona ham bor.

Atomium (Bryussel, Belgiya, 1958)

Foto: Lifehacker

Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan atom ko‘rinishidagi binoni ko‘pchilik dekoratsiya deb o‘ylaydi. Aslida esa ushbu inshoot restoran, muzey va ko‘rgazma zallarini o‘z ichiga oladi.

Sagrada Familia ibodatxonasi (Barselona, Ispaniya, 2010-yil)

Foto: Lifehacker

Barselonadagi mazkur ibodatxona qurilishi uchun eng ko‘p vaqt ketgan binolardan sanaladi. 1888-yilda qurilish ishlari boshlangan bino 2010-yilda rasman ochilgan.

Linked Hybrid (Pekin, Xitoy, 2009-yil)

Foto: Lifehacker

Linked Hybrid turar joy kompleksi ko‘priklar bilan ulangan bir necha ko‘p qavatli bino hisoblanadi. Unda xonadonlardan tashqari, savdo maydoni, kinoteatr, mehmonxona, avtoturargoh, bog‘cha va maktab bor. Loyiha unda yashovchilarning tashqariga chiqishiga deyarli hojat qolmasligini ko‘zda tutgan.

Marina Bay Sands (Singapur, 2010)

Foto: Lifehacker

Arxitektor Moshe Safdi tomonidan loyihalashtirilgan uchta bino tepasidagi terrasada basseyn va bog‘ bor.
Marina Bay Sands’da mehmonxona, kazino va ko‘rgazma markazidan tashqari ikkita teatr, yettita restoran va muzey ham mavjud.

Vertikal o‘rmon (Milan, Italiya, 2014-yil)

Foto: Lifehacker
Bosco Verticale nomli arxitektura kompleksi balandligi 111 va 76 metrli ikkita osmono‘par binodan tashkil topgan. Bino terrasasiga 900 ta daraxt, 5000 ta buta va 11 ming ko‘p yillik o‘simliklardan iborat klumba (gulzor) ekilgan. Bino shaharni bezash bilan birga, havoni karbonat angidrid gazidan filtrlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Kompleks elektr quvvatini quyosh batareyalaridan oladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar