Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Sharja” o‘yinidan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Toshkent klubi bosh murabbiyi Piter Hyuistra va jamoa hujumkor yarim himoyachisi Hojimuhammad Erkinov ishtirok etdi.

Foto: “Paxtakor” FK

Foto: “Paxtakor” FK
Birinchi davrada yetarlicha ochko jamg‘ara olmadik. Shu sababli ertaga bizni juda muhim o‘yin kutmoqda. Oldingi bahsdagi xatolarni o‘rgandik, tahlil qildik. Jamoam o‘yinni juda yomon o‘tkazdi deb o‘ylamayman, ammo himoyaviy harakatlarda ko‘ngildagidek o‘ynay olmadik. Himoya faqat himoyachilarning harakatidan iborat emas, unda butun jamoa ishtirok etadi. Jamoaviy harakat bo‘lishi kerak. Qolaversa to‘pni nazorat qilish orqali ko‘proq imkoniyat yaratishimiz lozim. Bu borada uyg‘unlikni yuzaga keltirish darkor. Chempionlar Ligasida buni uddalashga urinib ko‘ramiz. Birinchi bellashuvda 70 foiz holatda to‘pni nazorat qildik, ammo bu samara bermadi. Endi vaziyatlarni ko‘proq sodir etishga intilamiz.

“Sharja” — yaxshi saviyadagi jamoa. Ertaga Koronado maydonga tushgan taqdirda ular yana-da xavfli bo‘ladimi? Biz o‘z o‘yinimizni, yuqori saviyamizni ko‘rsata olsak, juda yaxshi jamoamiz. Aynan shuni uddalashga harakat qilamiz. Dastlabki ikki uchrashuvda g‘alabaga haqli edik, ammo omadimiz kelmadi. “Sharja” bilan birinchi bahsda esa xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bularni tuzatishga urinamiz. Bosim bor holatda barcha ishlar yaxshi bo‘lishi kerak.

Piter Hyuistra, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Shuningdek, Erkinov ham o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Paxtakor” FK

Foto: “Paxtakor” FK
Biz ertaga juda katta ahamiyatli o‘yinda maydonga tushamiz. Bu raqibga qarshi birinchi o‘yindagi xatolarni murabbiyimiz tushuntirib o‘tdi. Kerakli ko‘rsatmalar beriladi va faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

Hojimuhammad Erkinov, “Paxtakor” yarim himoyachisi

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning 3-tur doirasida o‘tkazilgan o‘yin 4:1 hisobida BAA klubining foydasiga hal bo‘lgandi. “Paxtakor” va “Sharja” o‘rtasidagi 4-uchrashuvi 23-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda