Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ikki Tojikiston fuqarosiga o‘ldirish bilan tahdid qilgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-aprel kuni soat 17:00 larda 37 yoshli M.X. 36 yoshli J.U. bilan birgalikda Tojikiston fuqarolari 33 yoshli J.U. va 34 yoshli V.M.ni Uchko‘prik tumani Qirq qishlog‘i hududidagi tashlandiq joyga olib borib, tanishi 26 yoshli M.A.ning qarzini berishni talab qilib, ularni do‘pposlab, o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Uchko‘prik tumanida yashovchi M.A.dan Tojikiston fuqarolari J.U. va V.M. 7200 dollarlik trikotaj mahsulotlarini sotib olib, pullarni bermay kelayotgani haqida tanishlari M.X. va J.U.ga aytib, gaplashib qo‘yib, qo‘rqitib berishlarini so‘ragani natijasida ushbu jinoyat yuz bergani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.X. va J.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi doirasida barcha shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanishi ma’lum qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Bundan avval Farg‘onada fuqaro nomiga ariza yozib, uni qaytarib olish evaziga 2 ming dollar talab qilgan ikki ayol ushlangani, Samarqandda 21 yoshli qizning shaxsiy suratlarini tarqatib yubormaslik evaziga 400 dollar so‘ragan institut o‘qituvchisi qo‘lga olingani hamda Olmazorda voyaga yetmagan bola tengdoshini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr
Dunyo
Bayden: “Putin Ukrainadagi urushni tugatishga qiziqish bildirsa, u bilan gaplashishga tayyorman”