Markaziy bank 2-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,15 so‘mga pastlab, 10 472,51 so‘mni tashkil qildi. Yevro 3,90 so‘mga pastlab, 12 294,73 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Avvalroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 10 485,66 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.