ZoodMall kompaniyasi Toshkentda maydoni 1400 kvadrat metr bo‘lgan yangi ofisini ochdi va O‘zbekistonda qo‘shimcha 100 nafar  xodimni ishga olgan holda o‘z tarmog‘ini kengaytirmoqda.

Zoodmall.uz — Markaziy Osiyoda eng tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan, xaridlar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasi o‘z tarmog‘ining kengayishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston fuqarolari uchun qo‘shimcha 100 nafar ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Shuningdek, kompaniya o‘z ofisini 1400 kvadrat metrgacha kengaytirmoqda. Yangi xodimlarning asosiy vazifasi “Raqamli O‘zbekiston-2030” rivojlanish strategiyasida faol ishtirok etgan holda, mahalliy sotuvchilar uchun lokal va globay bozorlarda onlayn sotuvlar ulushini oshirishdan iborat.

ZoodMall o‘z faoliyatini 2018-yilda boshlagan bo‘lib, O‘zbekistondagi mijozlarga 30 000 nafar mahalliy va xorijiy chakana sotuvchilardan 6 million dona mahsulotni ZoodPay “Hozir xarid qil, keyin to‘la” yoki mahsulotni olganda naqd to‘lov usullari bilan xarid qilish imkoniyatini beradi. ZoodMall’da O‘zbekiston, Xitoy va Turkiyadan mahsulotlar hamyonbop narxlarda taqdim etilgan. Onlayn do‘kondan arzon va sifatli elektronika jihozlari, smartfonlar, kiyim-kechak, aksessuarlar, go‘zallik, uy va bog‘lar uchun mahsulotlar, bolalar o‘yinchoqlari, shuningdek, mahalliy brend mahsulotlarini topish mumkin.

Hozirgi kunda kompaniya Texnomart, Makro, Radius, Elmakon kabi O‘zbekistonning yetakchi chakana savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi va bu mahalliy elektron tijorat bozoridagi onlayn savdoda katta muvaffaqiyatga erishgan sotuvchilarning ba’zilari, xolos. Kompaniya xodimlari soni ortib borishi bilan ZoodMall’da o‘z mahsulotlari bilan savdo qiluvchi chakana sotuvchilar soni ortib borishi kutilmoqda.

“Biz iqtisodni raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslarimiz, xususan, ZoodMall raqamli ekotizimini iste’molchilarga ham, sotuvchilarga ham taqdim etish orqali “Raqamli O‘zbekiston-2030” rivojlanish strategiyasida ishtirok etishdan nihoyatda manfaatdormiz. Raqamli sherik sifatida biz elektron tijoratni rivojlantirgan va O‘zbekistonning layoqatli aholisi uchun yuzlab ish o‘rinlarini yaratgan holda mamlakatning kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotining tarafdorimiz”, — deydi ZoodMall Uzbekistan bosh direktori Askarbek Alshanbayev.

ZoodMall platformasida o‘zbekistonlik sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini joylashtirishi va rivojlantirishi, “Hozir xarid qil, keyin to‘la” muddatli to‘lov usuli orqali ko‘proq potensial mijozlarni jalb qilishi mumkin.

ZoodMall savdo maydonidan Qozog‘iston, Iroq, Iordaniya, Kuvayt, Livan va Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan yetti milliondan ziyod iste’molchilar foydalanishini inobatga olgan holda, ZoodMall 2021-yil yakunlarida o‘zbek sotuvchilari va ishlab chiqaruvchilariga mahsulotlarini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning boshqa bozorlarida sotish imkoniyatini yaratadi.

Play Store va App Store’da mavjud xaridlar uchun ZoodMall ilovasi ayni damda mobil devayslarning barcha asosiy brendlarini taklif qilgan holda smartfon va mobil qurilmalar savdosi bilan birga, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun elektron tijorat bo‘yicha birinchi raqamli bo‘lishga intilmoqda.

Agar siz ZoodMall’da karyeraviy o‘sish imkoniyatlarini izlayotgan bo‘lsangiz, orientswiss.recruitee.com’da murojaatnoma qoldiring.

Telegram kanal

ZoodMall ilovasi

Reklama huquqi asosida.