Daryo

Guruch va tuxumdan takrorlanmas ta’mga ega pirojki tayyorlang

Issiq yegulikni ta’bga ko‘ra souslar bilan boyitib, dasturxonga tortish mumkin

1 daqiqa o‘qish28 102 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Xamiri yumshoq mazali pirojkilar tushlik vaqtida yanada ishtahani ochib yuborishi tabiiy.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • guruch – 200 gramm;
  • tuxum  – 3 dona;
  • ko‘k piyoz – 1 bog‘lam;
Xamir uchun:
  • kefir – 200 ml;
  • smetana – 1 osh qoshiq;
  • tuxum – 1 dona;
  • shakar  – 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik moyi – 2osh qoshiq;
  • ichimlik sodasi – 1/2 choy qoshiq;
  • un – 400-450 gramm;
  • tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Guruch va tuxum pishirib olinadi.
  2. Qaynatilgan guruch to‘g‘ralgan tuxum va ko‘k piyoz bilan aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar sepiladi.
  3. Xamir uchun kefir, smetana, tuxum, shakar va tuz idishga solib, aralashtiriladi.
  4. Ustidan bir osh qoshiq yog‘ va unning yarmi solinadi. Ichimlik sodasi bilan aralashtiriladi.
  5. Unning qolgan yarmi ham solinib, xamir qoriladi. Xamir yumshoq bo‘lishi uchun yana bir osh qoshiq yog‘ quyiladi.
  6. Xamir qo‘lga yopishib qolmaydigan darajada yumshoq bo‘lishi kerak. 15-20 daqiqaga xona haroratida tindirishga qo‘yiladi.
  7. Xamir bo‘laklarga bo‘linib, biroz yoyiladi. Ichi nachinka bilan to‘ldiriladi.
  8. O‘rtacha olovda qizigan yog‘da pirojkilarning ikki tomoni ham qizartirib pishirib olinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar