Daryo

Pishloq va sosiska qo‘shib, nonli rolli tayyorlang

Yegulikni sous bilan iste’mol qilish mumkin

1 daqiqa o‘qish32 833 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazasi og‘izda qoladigan ushbu nonli ruletlar nonushta yoki gazak uchun ayni muddao.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • oq non – 10 bo‘lak;
  • qattiq pishloq – 10 bo‘lak;
  • sosiska – 10 dona;
  • tuxum – 2 dona;
  • quritilgan non – 120 gramm;
  • o‘simlik moyi – 200-300 ml.
Tayyorlanish jarayoni
  • Nonning chetki qismlari ajratib olinadi va qolgan qismi yupqalashguncha yaxshilab yoyiladi.
  • Nonning har bir bo‘lagiga pishloq va sosiska qo‘yiladi va non rulet shaklida o‘raladi.
  • Tuxum vilka yordamida aralashtirilib, unga nonli rulet botirib olinadi.
  • So‘ngra quritilgan nonga botiriladi.
  • O‘simlik moyi qizitilib, ruletlar qizarguncha qovuriladi.
  • Tayyor bo‘lganidan so‘ng ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qog‘oz salfetka ustiga qo‘yiladi.
  • Nonli rollilarni sous bilan birgalikda dasturxonga tortish mumkin.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar