Daryo

Tuxumli nachinka hamda sosiskadan tayyorlanadigan lavash retsepti

Ushbu mazali yegulikni tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i 30 daqiqa yetadi

1 daqiqa o‘qish22 062 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazkur taom nonushta yoki gazak uchun eng yaxshi yegulik bo‘lishi, shubhasiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tuxum − 3 dona;
  • qattiq pishloq − 100 gramm;
  • yumshoq pishloq − 1 dona;
  • mayonez − 2 osh qoshiq;
  • sosiska − 8-10 dona;
  • lavash xamiri − 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
  • tuz va ko‘kat.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Qaynatib olingan tuxum qirg‘ichdan o‘tkaziladi va mayda to‘g‘ralgan ko‘kat bilan aralashtiriladi.
  2. Ikki turdagi pishloq ham qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Tuxumli aralashma ustidan solinib, mayonez bilan aralashtiriladi.
  3. Sosiskalar qaynatib olinadi.
  4. Lavash xamiri o‘rtacha kattalikda to‘rtburchak shaklda kesib olinadi.
  5. Ichiga mayonezli aralashma solinib, ustidan qaynatilgan sosiska qo‘yiladi. Xamir cheti buklanib, rulet hosil qilinadi.
  6. Tovada qizigan yog‘da ruletlarning har ikki tomoni qizargunga qadar qovurib olinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar