Daryo

“Banitsa” — bolgarcha pishloqli pirog retsepti

Yumshoq xamir ichidagi pishloqli nachinka pirogga ajoyib ta’m berishi shubhasiz

1 daqiqa o‘qish25 496 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Pishloq va yogurt bilan tayyorlangan ushbu pirog Bolgariyada asrlar davomida sevib iste’mol qilinadi. Ushbu retsept asosida pirog ichiga ko‘kat, go‘sht va guruch ham solish mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • bolgar yoki qo‘shimchalarsiz tabiiy yogurt — 300 gramm;
  • tuxum — 4 dona;
  • feta pishlog‘i — 300 gramm;
  • sariyog‘ — 120—150 gramm;
  • filo xamiri — 12 dona;
  • tuxum sarig‘i, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Yogurtga 4 ta tuxum, pishloq, tuz va ziravor qo‘shiladi.
  2. Suv bug‘ida biroz eritiladi.
  3. Ikkita xamir olinib, yog‘lanadi, ustidan yana bir xamir yog‘lanadi va nachinka solinib, rulet shaklida o‘raladi.
  4. Xamirlar shu tarzda bir-briga ulanib, dumaloq shaklni hosil qilishi kerak.
  5. Ortib qolgan sariyog‘ va tuxum sarig‘i aralashtirilib, pirog ustiga suriladi.
  6. Pechda, taxminan, 25 daqiqa davomida 200 darajada pishirib olinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar