Daryo

Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketdi (video)

“Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan haydovchilarga yordam berish uchun yetib kelgan

1 daqiqa o‘qish81 140 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomobillar chiqarib olingani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Kadr: YouTube

Ma’lum qilinishicha, 23-fevral kuni dovonga yog‘gan qor sabab 30 daqiqa oralig‘ida ikkita mashina ishtirokida avariya sodir bo‘lgan. Nexia-1 va Nexia-3 avtomobillari yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan haydovchilarga yordam berish uchun yetib kelgan. Ikkala holatda ham qurbonlar aniqlanmagan.

Shuningdek, videoda Qamchiq dovonida 24-fevral kuni tongdan tegishli xizmatlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarning tozalanayotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq “O‘zgidromet” 23-fevraldan havo harorati keskin sovib ketishi kutilayotganini ma’lum qilib, 25—27-fevralda kutilayotgan sovuq havo mevali daraxt kurtaklari va gullariga zarar yetkazishidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga kirib kelayotgan sovuq havoda ekinlarni qanday asrab qolish choralari ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar