Daryo

Samarqandda Mercedes-Benz yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darildi

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish39 532 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Samarqand shahridan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobili ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 25-mart kuni soat 14:30 larda Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-39 Olmaota—Toshkent–Termiz aylanma avtomobil yo‘lining 1080-kilometrida Mercedes-Benz 1843LS rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomashina yo‘lning o‘ng tomon chetki qismiga ag‘darilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Foto: YHXBB
Foto: YHXBB

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda 60 yoshli ayol yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘lgani, Andijonda ikki Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib ketgani hamda 3 ta Lacetti va Labo ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar