So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Maslahatlar

    Orzu-havas uchun xarajatlardan orttirib, pul yig‘ishga yordam beradigan 8 usul

    24.03.2021, 21:33 21846

    Anchadan buyon o‘ylab yurgan orzularni amalga oshirish, sayohat qilish yoki kattaroq xarid qilish uchun ko‘p maosh olishdan tashqari uni o‘ylab hisob-kitob bilan sarflash ham muhim sanaladi.

    Foto: Business Insider

    Foto: Business Insider

    Ko‘chada ovqatlanmang

    Taomni uyda tayyorlashga va tushlikni o‘zingiz bilan olib yurishga urinib ko‘ring. O‘ylab ko‘ring, siz taom xarid qilishga ketkazgan pulga qancha mahsulot olish va uni necha kunga yetkazish mumkin.

    Do‘stlaringizni uyga mehmonga taklif qiling

    Do‘stlar bilan vaqtni nafaqat restoran va kinoda, balki uyda ham maroqli o‘tkazish mumkin. Qiziqarli o‘yin va ko‘ngilochar dasturlar tuzishingiz, xarajatlarni esa teng taqsimlashingiz mumkin. Yo bo‘lmasa, bor mahsulotlardan ozgina fantaziyani ishga solib, mazali taom tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Gap shundaki, u yoki bu yerga borish uydan ko‘ra ancha qimmatga tushadi. Masalan, kinoga borib, pul sarflamasdan, uyda yaxshi film diskini tomosha qiling. Popkornni esa uy sharoitida tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Ishoning, pulingiz sezilarli darajada tejaladi.

    Jamoat transportidan foydalaning

    Avtomobil haydash va taksidan foydalanish qulay, albatta, ammo bu oylikni ko‘kka sovurishdan boshqa narsa emas. Metro va avtobus mablag‘ingiz tejalishiga yordam beradi. Masalan, Xalqlar do‘stligidan Darxongacha taksida o‘rtacha 10 ming so‘mga kelishingiz mumkin. Borish va qaytish esa deylik, 20 ming so‘m bo‘ladi. Uning o‘rniga metrodan foydalansangiz, kelish va ketishingiz 2800 so‘mga tushadi. Qay birini tanlash esa sizning xohishingiz va cho‘ntagingizga havola.

    Sevimli mashg‘ulotni daromad manbayiga aylantiring

    Bu usul pulni tejashga va oylikdan tashqari qo‘shimcha daromad topishga yordam beradi. Asosiysi esa jur’at topish hamda bulochka pishirish, kashta tikish va surat chizish orqali ham pul topish mumkinligini unutmaslik. Nimaga ko‘proq qiziqasiz-u, nimaning uddasidan yaxshiroq chiqasiz, o‘ylab ko‘ring. Keyin esa sizning ijod mahsulingiz kimlarni qiziqtirishi mumkinligi va qayerda yaxshi ketishi haqida bosh qotiring va shunga asosan ishlaringizni rejalashtiring.

    Plastik karta emas naqd puldan foydalaning

    O‘zingizga o‘zingiz keraksiz xarajat qilmaslikka so‘z berib, do‘kondagi chiroyli ko‘ylak yoki kosmetik vositaning oldida irodasizlik qilmaganingizga aminmisiz? Olishga olib, bunaqasi bor edi, bekor bunday qildim, deb afsuslanmaganingizga-chi? Maosh tushganidan keyin plastik kartani hamyonda olib yurishning oqibati mana shunday yakun topishi ko‘p kuzatiladi. Shu sabab ham kundalik xarajatlaringiz va har ehtimolga qarshi biroz ko‘proq naqd pul olib, ko‘chaga chiqing. Kartangiz esa uyda qolsin.

    Chegirma va aksiyadagi mahsulot va buyumlarni xarid qiling

    Yaqini shu, deb oldingizdagi qimmat do‘kondan xarid qilgandan ko‘ra biroz erinmasdan, aksiya va chegirmalar ketayotgan savdo markazlari hamda do‘konlarga tashrif buyuring. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlarning rasmiy sahifasini kuzatib tursangiz, bunday yangiliklardan xabardor bo‘lasiz.

    Bepul Wi-Fi’dan foydalaning

    Bu ahamiyatsiz va kichik tuyilgani bilan sizga ancha pul tejash va yig‘ishga yordam beradi.

    Maoshingizning ma’lum qismini jamg‘arib qo‘ying

    Maoshingizni kerakli xarajatlarga sarflashdan tashqari ma’lum qismini ishlatmasdan yig‘ib qo‘ying. Har oy 100 ming so‘mdan olib qo‘ygan taqdiringizda ham bir yilda yig‘ilib, 1 million so‘m bo‘ladi. Ko‘proq yig‘sangiz, shunga yarasha ko‘proq jamg‘ariladi. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz xarajatlar kamayadi va ko‘proq pul to‘plashingizning iloji bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • Tejamkorlikka o‘rganing: Inqiroz paytida qo‘l keladigan 6 foydali odat
    • Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalarning 8 ta xavfli jihati
    • Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya
    • Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar
    • Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yo‘llardagi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi

    Bugun, 08:25

    YCHL. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da mag‘lubiyat, “Bavariya”da qiyin g‘alaba (video)

    Bugun, 02:24

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Kecha, 22:55

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola

    Kecha, 22:46

    Qozog‘istonda ko‘mir eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

    Kecha, 22:35

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidentlari hibsga olindi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.