Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

SARS-CoV-2 koronavirusining odamlar orasida paydo bo‘lishi va tarqalishiga sabab Uxan shahridagi yovvoyi hayvonlarning savdosi bo‘lishi mumkin. Bu haqda olimlar, shu jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Xitoydagi tekshiruvida ishtirok etgan mutaxassislarning Bloomberg’ga bergan bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Taxminlarga ko‘ra, bozorda sotilgan hayvonlardan biri virusni ko‘rshapalakdan odamga yuqtirgan oraliq tashuvchiga aylangan.

Xabarga ko‘ra, JSST tomonidan yanvar–fevral oylarida Xitoyda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari shu hafta e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Biroq bu natijalar yakuniy bo‘lib qolmaydi, mutaxassislar koronavirusning tarqalish yo‘llarini aniqlash uchun Xitoy tashqarisida ham qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazadi.

Tekshiruv jarayonida virusni odamlarga yuqtirishning ikkita asosiy manbasi aniqlangan — koronavirus inson populyatsiyasiga kirmasdan oldin virusni tashib yurgan ko‘rshapalaklar va Xitoy bozorida tez-tez sotiladigan mayda yirtqich sutemizuvchi sivetalar.

Taxminlarga ko‘ra, ko‘rshapalaklar orqali Uxan shahridagi sivetalarga virus yuqqan, natijada ular oraliq tashuvchiga aylangan va ular orqali SARS-CoV-2 odamlarga o‘tgan.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, shu bilan birga, ushbu taxminlar haqidagi savollar hanuzgacha ochiq qolmoqda, chunki Uxan bozorida virusni yuqtirgan hayvonlar aniqlanmagan va kasallikka chalinish bo‘yicha dastlabki holatlar COVID-19’ni bozorda yuqtirish holatlaridan oldinroq qayd etilgan.

AQShlik tadqiqotchi Joel Vertxaym tomonidan ilgari surilgan farazga ko‘ra, virus hayvonlardan odamga bir necha marta yuqqan bo‘lishi mumkin. Virusga chalinish bo‘yicha dastlabki holatlarda infeksiya zanjiri o‘sha nuqtada uzilgan, ammo Uxan bozorida koronavirus mutatsiyaga uchragan va odamdan odamga yuqqan.

Xitoyga tashrif buyurgan ekspertlar guruhi tarkibida bo‘lgan avstraliyalik mikrobiolog Dominik Duayerning aytishicha, mutaxassislar Uxan bozoriga Xitoyning janubi-sharqidagi fermer xo‘jaliklarida boqilgan yovvoyi hayvonlar, shu jumladan, sivetalar keltirilgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagan. Xitoyning ushbu qismidagi ko‘rshapalaklarda 2013-yil boshida SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus aniqlangan edi..

Shuningdek, chumolixo‘rlar turkumiga yaqin sutemizuvchi — pangolinlar odamlarga koronavirus yuqtirishda “gumon qilinayotganlar” qatoriga kiritilgan edi. Xuddi ko‘rshapalaklar singari ular ham Xitoyda iste’mol qilinadi. Ba’zi olimlar aynan tanasida virus bo‘lgan pangolinlar Uxan shahridagi qishloq xo‘jaligi bozoriga keltirilgan va xitoyliklar tomonidan iste’mol qilingan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilgan edi.

Avvalroq JSST  tomonidan pandemiya boshida Uxanda koronavirusning 10 dan ortiq mutatsiyasi bo‘lgani, Uxan shahrida COVID-19 kelib chiqishiga oid muhim dalillar topilgani, Xitoy hukumati COVID-19’ga chalinish bo‘yicha ilk holatlar haqidagi ma’lumotlarni berishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi