Daryo

Namanganda erining mashinasini boshqargan ayol YPX xodimini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

YPX inspektori bosh miya chayqalishi, o‘ng son yuqori sohasi yumshoq to‘qimalarining yengil shikastlanishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish58 434 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

16-mart kuni Namangan shahri Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan Lacetti haydovchisining shaxsiga aniqlik kiritildi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Lacetti haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunish o‘rniga uni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Oqibatda inspektor Soliyev bosh miya chayqalishi, o‘ng son yuqori sohasi yumshoq to‘qimalarining yengil shikastlanishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Xodimlar tomonidan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida hodisa sababchisining shaxsiga oydinlik kiritilgan va avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

“Soat 22:30 larda shahar hokimligi oldiga bir fuqaroga qarzimni berish uchun keldim. Mashinam ichida bolalarim bor edi. Pulni beraman deb turgan paytimda mazam qochdi, yaqinda davolanib chiqqanman. Ozgina behalovat bo‘ldim, ayolimga rulni berib, shifoxonaga olib borishini aytdim”, — deydi mashina egasi.

Lacetti haydovchisining rafiqasini so‘zlariga ko‘ra, u mashinani boshqarish vaqtida YPX xodimi yo‘ldan birdaniga chiqib qolganidan qo‘rqib ketib, shokka tushib qolgan. “Turmush o‘rtog‘imning mazasi bo‘lmagani sababli shokka tushib qoldim. Qo‘rqib ketdim, shu sababli urib yubordim”, — deydi ayol.

Avvalroq Qo‘qonda YPX xodimini mashina ustida sudrab ketgan haydovchi 1,5 yilga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Buxoroda YPX inspektorini Tico kapotida sudrab ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar