Daryo

“Adolatli haqiqatni xalqimizga yetkazib berasizlar, men sizlarga ishonaman” – Shavkat Mirziyoyev OAV vakillari bilan uchrashdi

Prezident jurnalistlarga har bir aytilayotgan gapning borini, rostini yetkazish kerakligini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish42 338 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida OAV vakillari bilan uchrashib, suhbatlashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

“Siz jurnalistlar bilan bugun, erta Toshkent viloyatining ayrim hududlarida birga yuramiz, majlis o‘tkazamiz, odamlar bilan uchrashamiz. Maqsadimiz – Toshkent viloyatining mutlaqo boshqacha yo‘l xaritasini tuzish. Toshkent viloyatida ‘tumanbay’ ishlash bo‘yicha tajriba o‘tkazamiz. Ertaga saylanadigan hokim faqat va faqat 1 ming 48 ta mahalla dardi bilan yashash tizimi bo‘yicha ishlaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari jurnalistlarga yuzlanarkan, ularga ishonishini yana bir bor ta’kidladi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

“Bir yil oldin sizlar shunday edinglarmi? Hammamiz shunday edikmi? Hamma tanqid qilishni biladi, lekin uch yil oldin OAVga munosabat qanday edi? Men Namanganda aytgan edim, sizlarni orqalaringda Prezident turibdi. Yana qaytaraman, men sizlarga ishonaman, albatta, adolatli haqiqatni xalqimizga yetkazib berasizlar.

Lekin biz ko‘p narsani birgalikda o‘rganyapmiz. Sizlarning ham saviyalaring oshyapti, xalqimizning ham saviyasi, ishonchi oshib boryapti. Biror masalani adolatli ko‘tarib chiqish uchun sizlarning ham bilim, ham ilmlaring, tajribalaring, tahlil qilish qobiliyatlaring muntazam o‘sib borishi kerak. Har bir aytilayotgan gapning borini, rostini yetkazish kerak. 2 yil oldin qanaqa edi, 20 yil avval qanday edi?”, – dedi Prezident.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Mavzuga doir: “Ekishdan oldin sotishni o‘ylash kerak. Yerni tadbirkorga berish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar