Daryo

Samarqandda yuvishga qoldirilgan Gentra’ni olib qochgan “moyka” xodimi ushlandi. U 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish35 738 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV Tergov departamenti

Samarqandda Gentra olib qochgan 25 yoshli shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti

Ma’lum bo‘lishicha, 30-oktabr kuni soat 17:30 da 21 yoshli D.E. Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘oni Sayqal ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga kelib, o‘zining Gentra’sini yuvdirish uchun avtomashina yuvuvchi bo‘lib ishlaydigan 25 yoshli Sh.A.ga qoldirgan. Bundan foydalangan Sh.A. o‘t oldirish joyida turgan kalit yordamida avtomashinani o‘t oldirib, uni noma’lum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan Sh.A. mazkur transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida majburiy tartibda to‘xtatilgan. Shunga qaramasdan Sh.A. IIO FMB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, o‘zi olib qochgan avtomashina eshiklarini ochmasdan undan tushishdan bosh tortganligi sababli xodimlari tomonidan eshikni ochish va Sh.A.ni ushlash maqsadida oxirgi zaruriyat sifatida mashina eshigi oynasi sindirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Sh.A. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

​​Ma’lumot uchun, transport vositasini olib qochish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu turdagi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan 10 yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Avvalroq Toshkent shahar IIBB haydovchilardan mashina kalitlarini “moyka” xodimlariga topshirmaslikni so‘ragani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar