Daryo

Sergelida “moyka” ishchisi o‘ziga topshirilgan Nexia’ni yo‘lga haydab chiqib, YTHga uchradi

Toshkent shahar IIBB haydovchilarni notanish kishilarga avtomobil kalitini topshirmaslikka chaqirdi

1 daqiqa o‘qish45 021 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar Sergeli tumanida 6-dekabr kuni avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi yuvish uchun o‘ziga topshirilgan Nexia-3 avtomobilini yo‘lga haydab chiqib, Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum bo‘lishicha, 6-dekabr kuni taxminan soat 22:40 da Davlatobod ko‘chasida 22 yoshli avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi Abdulla Ye. unga topshirilgan Nexia-3 avtomobili kalitidan foydalanib, avtomobilda yo‘l qismiga chiqqan. Natijada Nexia-3 Otabek J. boshqaruvidagi Lacetti avtomobiliga to‘qnashgan. YTH sababli hech kim jabrlanmagan. To‘qnashuvga sabab bo‘lgan holat o‘rganilmoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB haydovchilarni notanish kishilarga avtomobil kalitini topshirmaslikka chaqirdi.

Avvalroq Farg‘onada “moyka”dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlangandi, Andijonda esa “moyka” ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar