Daryo

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Suhbat davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan

1 daqiqa o‘qish21 864 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Qozog‘iston birinchi prezidenti — elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilingan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan bir-birlarini tabriklab, Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqlariga farovonlik tilagan edi. AQSh prezidenti Jozef Bayden ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, maktub yo‘llagandi.

Eslatib o‘tamiz,  koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari karantin qoidalariga amal qilgan holda mahallalarda tashkil etiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar