Daryo

AQSh prezidenti Jozef Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Bayden O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilagan

1 daqiqa o‘qish33 754 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlarining 46-prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, maktub yo‘lladi.

Foto: Reuters
Tabrik matni quyida to‘lig‘icha taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilamoqchiman.

Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta’minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami, tinchlik nihoyatda muhim ne’mat ekanini eslatib turadi.

2021-yilda O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Keyingi yillarda siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Biz, shuningdek, besh yil avval davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan “C5+1” muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.

Sizga va O‘zbekiston xalqiga shu yangi, 2021-yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Navro‘z muborak!

Jozef Robinett Bayden, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videoanjuman shaklida muzokara o‘tkazgani hamda Shavkat Mirziyoyev nomidan Sadir Japarov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar