Daryo

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi

Eng xaridorgir ushbu benzin narxi 1,4 foizga pastlagan

1 daqiqa o‘qish115 084 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi savdolariga 24 914 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va ulardan 12 471,03 tonnasi, ya’ni 50,0 foizi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 38 xaridor ishtirok etdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 246,3 ming so‘mdan 6 159,6 ming so‘mgacha yoki 1,4 foizga pasaygan.

“Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 234,5 ming so‘mni, Ai-91 esa 7 917,0 ming so‘mni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng 1-maydan dizel yoqilg‘isi narxi 500 so‘mga pasayib, 6500 so‘m qilib belgilangan. 3-maydan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshlagan. 2020-yilning dekabrida mazkur markadagi benzinning o‘rtacha boshlang‘ich narxi 2,6 foizga ko‘tarilgandi. 2021-yilning yanvar oxirlarida Ai-80 benzini narxi 110 so‘mga qimmatlashishi mumkinligi xabar qilingan. Fevral oxiridagi birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi qariyb 5 foizga oshgan, 9-mart kuni esa 2 foizga pastlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar