Daryo

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi

Eng xaridorgir ushbu benzin narxi 2 foizga pasaydi

1 daqiqa o‘qish185 184 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi. Bu haqda respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 1—7-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” savdolariga 26 991,0 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 504,8 tonnasi, ya’ni 42,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 30 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 251,0 ming so‘mdan 6 128,0 ming so‘mgacha yoki 2 foizga pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 215,5 ming so‘mni, Ai-91 — 7 628,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng 3-maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshladi. 2020-yilning dekabrida mazkur markadagi benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxi 2,6 foizga ko‘tarilgandi. 2021-yilning yanvar oxirlarida Ai-80 benzini narxi 110 so‘mga qimmatlashishi mumkinligi xabar qilindi. 2021-yilning fevralida ushbu benzin narxi qariyb 5 foizga oshdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yangi Ai-80 lyuks markali benzin sotuvga chiqarildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar