Daryo

O‘zbekistonda eng xaridorgir Ai-80 benzini 110 so‘mgacha qimmatlashishi mumkin

Bu neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari oshirilishi bilan bog‘liq

1 daqiqa o‘qish45 344 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda 2021-yilning 1-fevralidan benzin narxi oshirilishi haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati eng xaridorgir Ai-80 benzini 110 so‘mgacha qimmatlashishi mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil 1-maydan boshlab avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan edi. Endi AYOQShlarda benzin narxi raqobat sharoitida, ya’ni bozor konyunkturasidagi talab (xaridorlar qancha sotib olishi) va taklifdan (birja savdolariga qancha benzin qo‘yilgan) hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan kelib chiqqan holda erkin shakllanadi.

2021-yilning 1-fevralidan neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari oshiriladi. Bu esa benzin narxiga ta’sir ko‘rsatadi.

Neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari quyidagicha o‘zgaradi:
  • 1 tonna Ai-80 benzini: amalda — 200 000 so‘m, 1 fevraldan — 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20 foiz);
  • 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali benzin: amalda — 250 000 so‘m, 1 fevraldan — 275 000 so‘m (o‘zgarish 25 000 so‘m yoki 10 foiz);
  • 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda — 200 000 so‘m, 1 fevraldan — 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20 foiz);
  • 1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda — 180 000 so‘m, 1 fevraldan — 216 000 so‘m (o‘zgarish 36 000 so‘m yoki 20 foiz).
Yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:
  • 1 tonna benzin: amalda — 378 480 so‘m, 1 fevraldan — 465 530 so‘m (o‘zgarish 87 050 so‘m yoki 23 foiz);
  • 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda — 346 275 so‘m, 1 fevraldan — 425 918 so‘m (o‘zgarish 79 643 so‘m yoki 23 foiz).
Eslatib o‘tamiz, 2021-yildan avtomobil yoqilg‘isi narxlari oshishi 2020-yilning dekabr oyi o‘rtalarida ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yangi Ai-80 lyuks markali benzin sotuvga chiqarildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar