Daryo

Andijonda molxona yondi. Yong‘in joyidan 5 yoshli bolaning kuygan jasadi chiqdi

Yong‘in besh yoshli nabiraning qarovsiz qoldirilganligi va gugurt o‘ynashi oqibatida kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish183 540 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida molxona yondi. Yong‘indan besh yoshli bolaning kuygan jasadi chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, yong‘in 18-mart kuni 12:15 da yuz bergan. Olov voqea joyiga yetib borgan ikkita qutqaruv ekipaji tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in paytida fuqaroga tegishli molxonaning tom qismi va 100 press bug‘doy somoni yonib ketgan. Yong‘indan besh yoshli bolaning kuygan jasadi topilgan.

Foto: Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergovga ko‘ra, yong‘in xonadon egasining besh yoshli nabirasi qarovsiz qoldirilganligi va gugurt o‘ynashi oqibatida kelib chiqqan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar