Daryo

Rishtonda Malibu urib yuborishi oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish27 010 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Malibu va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 22-fevral kuni fuqaro H.A. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinasi To‘qimachilar ko‘chasida ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan O‘.M.ni urib yuborgan. Oqibatda O‘.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Avvalroq Karmanada Cobalt urib yuborgan velosipedchi halok bo‘lgani, Andijonda esa Nexia haydovchisi velosipedchini urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar